Sizning hududingiz uchun Durable Stone`dan 20 dan ortiq turdagi trotuar plitalari!

Biz jamoat joylari, ofisoldi maydonlari, savdo ko'chalari, turar-joy komplekslari hovlilari va xususiy uylar uchun yotqiziladigan toshlar, yo'l va trotuar uchun bordyurlar, shuningdek ko'cha mebelini ishlab chiqaramiz.

Yotqiziladigan toshlar katalogini tomosha qilish

Bizning ustun jihatlarimiz

Sifat muvofiqligi

Брусчатка Durable Stone производится по турецким технологиям вибропрессования и соответствует ГОСТу «РСТ Уз 712-96». Срок службы более10 лет при соблюдении правил укладки и эксплуатации!

Muddatga rioya qilamiz

Mahsulotning zarur partiyasini belgilangan muddatda, hatto katta hamjlarda tayyorlaymiz va jo'natamiz.

Laboratoriya nazorati

Bizning mutaxassislarimiz muntazam sifat nazoratini amalga oshiradigan o'z mustaqil laboratoriyamiz bor.

Loyihaning 3D -vizualizatsiyasini taqdim etamiz

Bizning mutaxassislarimiz yotqiziladigan toshning 3D modelini sizning hududingizda qanday ko'rinishga ega bo'lishi holatida ko'rsatadilar.

Biz maydonni bepul o'lchaymiz

Toshli yotqizish narxini to'g'ri aniqlash uchun maydonni aniq o'lchash kerak. Biz hududning barcha zarur o'lchovlarini amalga oshirish uchun mutaxassisni o'z hisobimizdan yuboramiz.

Durable ЖБИ

Железобетонные изделия всех видов

Batafsil

Jamoamiz

Mijozlar va fikrlar

Biz hududingizni obodonlashtirishda foydali bo'lganimiz va yordam berganimizdan mamnunmiz. Ishonch uchun minnatdormiz. Sizga va sizning korxonalaringizga farovonlik tilaymiz.

Batafsil

Bilim bazasi

Savollar bormi? Bu yerga qarang, ehtimol biz ularga javob berdik.

Yotqiziladigan beton toshlar nima?



Javob:

Beton toshlar — jamoat joylari, ofisoldi hududlari, turar-joy komplekslari va xususiy uylarning hovlilariga yotqizish uchun mo'ljallangan qoplama turlaridan biridir. U oddiy vazifani: uchastka bo'ylab va unga kirishdagi quruq, toza va tekis qoplamani ta'minlashni bajaradi. Beton toshlarni ishlab chiqarish uchun 2 ta texnologiya mavjud. Bular: vibroquyish va vibropresslash.

Vibroquyilgan beton toshlar vibropresslisidan qanday farq qiladi?



Javob:

Ularning asosiy farqi shundaki, vibroquyma toshlar qo'lda tayyorlanadi, vibropresslangani esa maxsus uskunada chiqariladi.

Vibroquyma toshlarni ishlab chiqarish uchun beton aralashmasi maxsus shakllarga quyiladi, keyinchalik uning og'irligi ostida siqilgan vibrostolga qo'yiladi. Shu tariqa beton bo'lajak plitka shakliga ega bo'ladi. Tayyor beton aralashmaning tarkibiga quyidagilar kiradi: sement, qum, shag'al, bo'yoqlar va juda ko'p miqdorda suv.

Sement nam qum, mayda shag'al va bo'yoqlar bilan birga qoliplarga joylashtiriladi va bosim ostida bo'ladi. Keyin shu tarzda shakllantirilgan plitka kameraga yuboriladi va u yerda bir necha kun davomida pishiq holga keltiriladi va qattiqlashadi. Kameralar tashqi muhitdan ajratilgan bo'lib, ularda belgilangan namlik parametrlarini saqlanadi. Ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan xarakteri mahsulot geometriyasining yuqori aniqligini aniqlaydi: ularni joylashtirish juda oson bo'ladi.

Vibropresslangan toshning pishiqligiga nima evaziga erishiladi?



Javob:

Toshning pishiqligiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar quyidagilar:

  • Toshning qalinligi. Qanchalik qalin bo'lsa, shunchalik pishiq, lekin qimmatroq bo'ladi. Agar boshqa bandlar joyida bo'lsa, qalinligi pishiqlikka eng ko'p ta'sir qiladi.
  • Beton aralashmaning klassi va rusumi. Va ishqalanish, bosim kuchiga, sovuqqa va suvga chidamlilik kabi xususiyatlar.
  • To'g'ri terish texnikasi. Agar hatto eng pishiq bo'lgan tosh ham noto'g'ri qo'yilsa, u kafolat muddatidan kam xizmat qiladi. Shuning uchun, toshni terish bosqichiga imkon qadar mas'uliyatli va professional tarzda yondashish kerak.
  • Ishlab chiqarish texnologiyasi. Tosh ishlab chiqarilgandan so'ng yaxshi quritilishi va kerakli pishiqlik darajasiga yetishi kerak. Uni vaqtidan oldin ishlatish mumkin emas, aks holda u faqat parchalanib ketadi.

Tosh kerakli yuklamani ushlab turishi va bunda ortiqcha pul to'lamaslik uchun toshning qalinligini qanday tanlash kerak?



Javob:

Toshning qalinligi ta'sir ko'rsatadigan eng muhim omil — bu uning bardosh beradigan yuklamasi. GOSTga ko'ra, vibropresslangan tosh 40 mm.dan 120 mm.gacha qalin bo'lishi mumkin. Xususiy va mahalliy uylar oldi hududlariga yotqizish uchun eng ommabop toshning qalinligi 60 mm.ni tashkil etadi.

Tosh kerakli yuklamani ushlab turishi va bunda ortiqcha pul to'lamaslik uchun toshning qalinligini qanday tanlash kerak?

Keyinchalik biz tosh yotqizish elementlarining qalinligining minimal qiymatlarini va trotuar plitkalarining qoplamalarini qo'llashning asosiy sohalarini sanab o'tamiz.

40 mm.dan kam bo'lmagan trotuar plitalari — xususiy imoratlarning old hududlari, piyodalar yo'laklari, zinapoyalar qopalamari, bino atroflari, maysazorlar (yengil va yuk mashinalari kirmasdan), bino va inshootlarning foydalaniladigan tomlari.

60 mm.dan kam bo'lmagan trotuar plitalari — magistral ko'chalarning trotuarlari, piyodalar maydonlari va jamoat transporti maydonchalari, velosiped yo'llari.

80 mm.dan kam bo'lmagan trotuar plitalari — kam intensiv harakat va maydonga ega bo'lgan yo'llar, yengil avtomobillar to'xtash joylari, yoqilg'i quyish shoxobchalari hududlari, yerusti piyodalar o'tish joylari, tramvay yo'llari, o't o'chirish xizmati yo'llari va maydonchalar. Bunga shuningdek, xususiy hududlarda avtoni qo'yish joylari ham kiradi.

100 mm.dan kam bo'lmagan trotuar plitalari – yuqori yuklamali zonalar: portlar, doklar, logistika markazlari, konteyner terminallari, aerodromlar.

Batafsil

Shourum

Bizning shourumda yotqiziladigan toshlar namunalari bilan tanishishni tavsiya qilamiz. Biz xonamizni mahsulotni iloji boricha qulay o'rganish uchun jihozladik. Bu yerda ishchilar siz uchun keng assortimentdagi trotuar plitalarini jamlashdi. 20dan ortiq modellar bor. Siz mahsulotni ushlashingiz, yaqindan va kesilgan holda ko'rishingiz, maslahatchilarga savollar berishingiz va keyin buyurtma qilishingiz mumkin. Va bularning hammasi bir joyda amalga oshiriladi!

Shourumni qanday topish mumkin?

Manzil: г. Ташкент, Шайхантахурский район, ул. Абдуллы Кадыри, массив Хандра, 24 (ориентир — Ганга)

Manzil: г. Ташкент, Ахангаранское шоссе, 2

Manzil: г. Ташкент, рынок Урикзор

Batafsil